Amur viloyatida poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi
Hodisa Moskva vaqti bilan ertalabki soat 4.58 da Ledyanaya bektidagi temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida poyezdning 14 ta vagoni relsdan chiqib ag‘darilib ketgan.
Guvohlarning aytishicha, mashinist tormozni zudlik bilan bosgan, ammo o‘rtadagi masofa juda qisqa bo‘lgani sabab, to‘xtatishning imkoni bo‘lmagan. Jarohat olgan temir yo‘l xodimlari zudlik bilan yaqin atrofdagi kasalxonaga joylashtirilgan. Yuk mashinasi haydovchisi esa voqea joyida vafot etgan.
Bundan avval Tokioda poyezdda yo‘lovchilarga pichoq bilan tahdid qilgan kimsa qo‘lga olingani hamda Temir yo‘lda uxlab qolgan shaxs poyezd va kesishmadagi avtomobillar harakati to‘xtashiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







