Jahon

Naberejniye Chelnida ko‘p qavatli uyda  gaz portlashi oqibatida uyning tepa qismi  qulab tushdi

Qutqaruvchilar  bir soat ichida beton qoldiqlari orasidan  tirik qolgan  to‘rt nafar, jumladan, ikki yosh bolani olib chiqdi.

Naberejniye Chelnida ko‘p qavatli uyda  gaz portlashi oqibatida uyning tepa qismi  qulab tushdi

Kecha tunda Naberejniye Chelnida 5 qavatli uyning 4 chi qavatida kuchli  gaz portlagan. Natijada uyning  beshinchi qavati  qulab tushgan: oltita xonadon vayron bo‘lgan. 

Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining Respublika bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Андрей Rodiginning maʼlum qilishicha,  xabar   17:30 da kelib tushgan. Voqea joyiga 5 daqiqada  tez yordam va  qutqaruv brigadasi yetib kelgan.

Bir soat ichida  beton qoldiqlari orasidan 4 nafar odam  qutqarilib yaqin atrofdagi shifoxonalarga zudlik bilan  yotqizilgan. Hozirda  jonlantirish bo‘limida hayoti uchun kurashishmoqda.

Portlash sodir bo‘lgan uyning birinchi qavatida yashovchi Go‘zalning aytishicha, u o‘sha vaqt uyda bo‘lgan.

—To‘satdan men kuchli portlash ovozini eshitdim, hamma joy yer silkinganidek bo‘ldi, oynalarim sinib ketdi. Avvaliga tushunmadim so‘ng ko‘chaga bolalarim bilan otilib chiqdim ,—deydi u.

 Guvohlarning aytishicha,  portlash shu darajada kuchli bo‘lganidan hatto  oyna va beton bo‘laklari yuzlab metr olisga uchib ketgan. Bino yo‘l yoqasida bo‘lgani uchun beton  bo‘laklari  sfetoforda to‘xtagan mashina oynalariga ham ziyon yetkazgan. 

 Hozirda  surishtiruv ishlari  davom etmoqda.

Avvalroq,Navoiyda gaz quyish shaxobchasi portlagani  hamda Namanganda masjid qurilishi paytida qo‘shni uy darvozaxonasining tom qismi qulab tushgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.