Jahon

Xavfsizlik evaziga tiklanish: Xitoy "Tolibon" bilan iqtisodiy hamkorlikning asosiy shartini maʼlum qildi

"Tolibon" bilan muzokaralar Qatarda bo‘lib o‘tgan.

Xavfsizlik evaziga tiklanish: Xitoy "Tolibon" bilan iqtisodiy hamkorlikning asosiy shartini maʼlum qildi

 

Xitoy TIV Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy bilan muzokaralar yuzasidan bayonot berdi. Uchrashuv Dohada bo‘lib o‘tgan.

 

Unga ko‘ra, Xitoy tomoni Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatdan xavotirda ekanini bildirgan. Shuning uchun insonparvarlik yordami taqdim etiladi. Shuningdek, “Tolibon”  Afg‘oniston hududining Xitoyga qarshi hech qaysi kuch tomonidan foydalanmasligiga vaʼda berdi.

 

Xitoy Afg‘onistonni tiklash jarayonida ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qilgan. Ammo buning uchun toliblar xavfsizlikni to‘la taʼminlashi kerak.

 

Afg‘oniston TIV rasmiy vakili Abdulqodir Balxiy, o‘z navbatida, Pekin mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka vaʼda berganini maʼlum qildi.

 

“Diplomatik munosabatlar, savdo, shu bilan birga, afg‘on talabalarining Xitoy OTMlarida tahsil olishi muhokama qilindi”, – degan Balxiy.

 

Bundan avval Van I Mulla Barodar bilan uchrashgani hamda Qozog‘iston orqali afg‘on ayollari evakuatsiya qilingani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Portugaliyada “burqa qonuni” kuchga kirdi

Mamlakatda jamoat joylarida yuzni yopib yurish taqiqlandi.

custom img

To'qayev Qozog'iston tashqi siyosatiga muhim o'zgartirish kiritdi

Yangi qabul qilingan hujjatga ko'ra, Qozog‘istonning sobiq Nursulton Nazarboyev tashqi siyosat masallari bo'yicha fuqarolar va davlat organlariga murojaat qilish huquqidan umrbod mahrum qilindi.

custom img

Rossiya va Ukraina 103 nafardan harbiy asirni almashdi

Ukraina harbiy razvedkasi navbatdagi almashinuv ham oy oxirigacha amalga oshirilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

custom img

Keniyada turistlar bo‘lgan vertolyot halokati oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Politsiya hisobotida halok bo‘lgan turistlarning fuqaroligi ko‘rsatilmagan.

custom img

Rossiya-Ukraina urushida yangi bosqich: muzokaralar, xorijlik askarlar, Shimoliy Koreya va yangi mobilizatsiya xavfi

Rossiya-Ukraina urushi besh yildan oshgan bir paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yana kun tartibiga chiqmoqda. Biroq muzokara stoliga o‘tishdan oldin Moskva ham, Kiyev ham frontdagi pozitsiyasini imkon qadar kuchaytirishga urinmoqda. Rossiyada esa urushni davom ettirish uchun insoniy resurs masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.

custom img

Rossiya ukrainaliklarning o‘z hukumatini tanlash huquqini belgilamasligi kerak — Fedorov

Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri urush davom etayotganiga qaramay, mamlakatda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirdi.

custom img

Hindistondagi mehmonxonada sodir bo'lgan yong'inda 9 nafar xorijlik halok bo'ldi

Hodisa yuzasidan mehmonxona egasiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

AQSH Eronni “bo‘g‘ib qo‘yish” taktikasini tanladi — CNN

Tramp Eron bilan muzokaralarni to‘xtatib, yangi strategiyaga o‘tmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"