O'zbekiston

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminarda xorij tajribasi taqdim etiladi

Korrupsiya nafaqat davlat, balki uni bunyod etadigan jamiyat ildiziga ham bolta uradi. U bor yerda hech qanday rivojlanish bo‘lmaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminarda xorij tajribasi taqdim etiladi

 

 Qurilish vazirligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi” mavzusida o‘quv-seminar boshlandi.

 

Unda KPMG (Italiya) ekspertlari Irina Burdikova va Pyotr Serdyuk o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Bundan ko‘zlangan maqsad, korrupsiya illatlari va uni bartaraf etish tajribalarini  vazirlik tizimi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari xodimlari eʼtiboriga yetkazishdir.

 

Qonunni yurgizadigan bo‘g‘in hisoblanadigan hukumat organlari uchun, albatta, bunday chora-tadbirlarni amaliyotda qo‘llash lozim. Chunki ana shundan keyingina undan qutilish mumkin. Jamoat nazorati va xodimning majburiyatlari ham boshqaruvni to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi.

 

O‘quv-seminarga KPMG Rossiya va MDH xavf-xatar konsalting tashkilotlaridan ekspertlari taklif qilingan. O‘quv jarayoni 5  yo‘nalishda tashkil etilmoqda.

 

Ekspertlarning fikricha, korrupsiya faqat pul emas, hatto sovg‘a ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Oylikning kamligi, xodimlarning ish jarayonidan qoniqmasligi korrupsiyaga yo‘l ochadi. Buning uchun esa xodim, albatta, maoshidan qoniqishi lozim.

 

Bundan avval sog‘liqni saqlash tizimida 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani maʼlum qilgani, MIB tomonidan 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgani hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining reytingi joriy etilishi haqida xabar qilingandi.

 

Olamgir Abdiyev

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminarda xorij tajribasi taqdim etiladi | Zamon.uz