Mehnat daftarchasidan onlayn tarzda ko‘chirma olish imkoniyati yaratildi
Ushbu xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirilgan.

Xizmatning asosiy vazifasi mehnat daftarchasidan elektron tarzda nusxa ko‘chirib olish imkoniyatini beradi.
Qayd etilishicha, buning uchun foydalanuvchilardan hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Xizmat bir vaqtda a va bepul ko‘rsatiladi.
Maʼlumot uchun: prezidentning 2019-yil 31-oktabrdagi qarorida 2020 yilning 1 yanvaridan ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari elektron ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar kontrakt pulini QR-kodli to‘lov-shartnomalari orqali to‘lashi hamda ijarada turuvchi talabalarni tizimli nazorat qiluvchi mobil ilova yaratilgani haqida xabar qilingandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







