O‘zbek multfilmi xalqaro festivalda ishtirok etadi
Ҳар йили 28 октябрь "Халқаро анимация куни" (International Animation Day) сифатида нишонланади. Бу йил ушбу фестивальда Ўзбекистон номидан Кинематография агентлиги буюртмасига биноан суратга олинган “Ғилдиракли уй” (“Дом на колесах”) мультфильми иштирок этмоқда.

Ssenariy muallifi Dmitriy Vlasov, rejissyor Aziz Muhammedov, kompozitor Jamshid Izamov.
Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrida animatsion kino bayrami munosabati bilan 2019 yildan buyon “Amen” xalqaro animatsion filmlar festivali o‘tkazib kelinmoqda. Unda animatsiya sohasida yosh isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi innovatsion texnologiyalar va zamonaviy dasturlar asosida ishlab chiqarilayotgan animatsion asarlar baholanadi.
Maʼlumot uchun: 1892 yilda fransiyalik taniqli rassom Emil Reyno ilk bor multfillmga xos bo‘lgan tasvir ishlarini eʼlon qilgan. Davrlar mobaynida bu yo‘nalish rivojlana boshladi.
2002 yilda “Xalqaro animatsion kino assotsiatsiyasi” (The International Animated Film Association) va ASIFA (The International Animated Film Society) tashabbusi bilan Emil Reyno ijodining 110 yilligi keng nishonlanadi va ushbu sana “Xalqaro animatsiya kuni” sifatida belgilanadi.
2020 yilda mazkur festivalda Dmitriy Vlasovning “Hayot daryosi” (“Potok”) animatsion filmi “Eng yaxshi postanovkachi rassom” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligida Xo‘ja Nasriddin haqida multfilm suratga olinishi hamda “Qizaloq va maymoq” dunyo bo‘yicha eng ko‘p tomosha qilingan multfilm bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







