Filippinda 150 ming doza vaksina yonib ketdi
Vaksinalar to‘rt kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan.

Filippinda yuz bergan yong‘in oqibatida turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan 150 ming doza vaksina yo‘q bo‘lib ketdi. Bu haqda CNN Philippines xabar berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in Filippin janubidagi Janubiy Zamboang provinsiyasidagi Pagadian shahrining mahalliy hukumati binosidan chiqqan. Filippin rasmiylari buning oqibatida 9176 doza AstraZeneca, 14400 doza Moderna, 36164 doza Sinovac va 88938 doza Pfizer vaksinalari yonib ketganini maʼlum qilgan.
Yong‘in oqibatida qurbon yoki halok bo‘lganlar yo‘q. Ammo tutun qo‘shni binoga o‘tgan. U yerda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bo‘lgan. Hozirda ularning 19 nafari boshqa palatalarga ko‘chirilgan.
Bundan avval JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus insoniyatni yengib bo‘lmas virus vujudga kelishidan ogohlantirgandi. Shuningdek, dunyoda koronavirusga qarshi qancha dozada vaksina qo‘llanilgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev







