O'zbekiston

O‘zbekistonda 9 oyda qancha avtobus ishlab chiqarilganligi maʼlum bo‘ldi

Avtobus ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34,1 foizga oshgan.

O‘zbekistonda 9 oyda qancha avtobus ishlab chiqarilganligi maʼlum bo‘ldi

 

 

Davlat statistika qo‘mitasi 9 oyda qancha avtobus ishlab chiqarilgani bo‘yicha maʼlumot taqdim etdi.

 

Maʼlum qilinishicha, O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida 696 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

 

Qayd etilishicha, avtobus ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34,1 foizga oshgan.

 

Ishlab chiqarilgan avtobuslar soni (yanvar-sentabr oylarida):

 

2019-yil – 1 339 ta

2020-yil – 519 ta

2021-yil – 696 ta.

 

Maʼlumot uchun: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtobuslarining birinchi partiyasi Qirg‘iziston poytaxtiga yetkazib berilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avtobus ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar oyida 6 dona avtobus ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88,2 % ga kamaygan. Joriy yilning 7 oyida xorijga qiymati 8,3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan yuk avtomobillarini eksport qilgan.

 

Avvalroq Toshkentdan “Tashmore”gacha alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar  va “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtobuslar Qirg‘izistonga yetkazilishi haqida xabar berilgandi.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.