O'zbekiston

Syurix (Shveysariya) klinikasi kardiologlari O‘zbekistonda jarrohlik amaliyotlarini olib boradi

8-17 noyabr kunlari shveysariyalik shifokorlar bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

Syurix (Shveysariya) klinikasi kardiologlari O‘zbekistonda jarrohlik amaliyotlarini olib boradi

 

Bugun O‘zbekistonga Syurix (Shveysariya) klinikasining yurakni davolash va jarrohlikka ixtisoslashgan shifokorlar guruhi keladi.

 

“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, 8-17 noyabr kunlari shveysariyalik shifokorlar bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘lgan kishilarni operatsiya qiladi, aortokoronar va miniinvaziv jarrohlik amaliyotlarini olib boradi.

 

Qayd etilishicha, ular tomonidan o‘zbekistonlik hamkasblari uchun intervension kardiologiyaning zamonaviy usullaridan foydalanish bo‘yicha treninglar va mahorat darslarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Maʼlumot uchun: EAH 2006 yil Syurix shahrida tashkil etilgan. Jamg‘armaning asosiy faoliyati yurak-qon tomir kasalliklari sohasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiyot xodimlarini tayyorlashga ko‘maklashishdan iborat.

 

Avvalroq murakkab operatsiyalar narxi O‘zbekistonda 10 barobar arzonligi, Surxondaryoda tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi hamda O‘zbekistonda yiliga 50 ta yurak ko‘chirib o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Syurix (Shveysariya) klinikasi kardiologlari O‘zbekistonda jarrohlik amaliyotlarini olib boradi | Zamon.uz