Jahon

Rossiyada MMA ustasi qo‘lga olindi

Sportchi pankration bo‘yicha Rossiya chempioni hisoblanadi.

Rossiyada MMA ustasi qo‘lga olindi

 

Rossiyaning Vnukovo aeroportida aralash janglar ustasi Salmon Jamaldayev qo‘lga olindi. Uning yonidan giyohvand modda topildi. Bu haqda "Ren-TV" xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, sportchi Grozniy shahriga uchib ketmoqchi bo‘lgan. Uning yonidan narkotik moddalar topilgani uchun qo‘lga olingan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Advokati ham tez orada yetib kelishi maʼlum qilingan. Qonun himoyachilari Moskva shahrida 11-sinf o‘quvchisidan bir paket narkotik modda topilganidan keyin Jamaldayev haqida bilishgan.

 

Salmon Jamaldayev pankration bo‘yicha Rossiya chempioni hisoblanadi. Shuningdek, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi. Oldinroq sportchi yarim yengil vaznda WFCA va ACA chempioni bo‘lgan.

 

Avvalroq, Qashqadaryoda 9 yoshli sportchi to‘pponchadan o‘q yegani hamda Habib Nurmagomedov Rossiyalik sportchilardan norozi bo‘lgani  haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.