O'zbekiston

Samarqand UNWTO Bosh Assambleyasini o‘tkazish uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi

Sessiya doirasida Madrid shahrida O‘zbekiston delegatsiya tomonidan "O‘zbekiston madaniyati bilan tanishish" rasmiy qabuli tashkil etiladi.

Samarqand UNWTO Bosh Assambleyasini o‘tkazish uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi

 

O‘zbekiston 1993-yildan buyon UNWTOning to‘laqonli aʼzosi bo‘lib, 1994-yilda Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish xalqaro loyihasida ishtirok etuvchi davlatlarning Samarqand deklaratsiyasi qabul qilingan edi. 2011-yilda esa O‘zbekiston BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi aʼzosi etib saylandi.

 

 2020-yil iyun oyida O‘zbekiston 2023-yilda Samarqand shahrida UNWTO Bosh Assambleyasini o‘tkazish uchun ariza topshirgan. Joriy yil 30 noyabr – 3 dekabr kunlari Madrid shahrida bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh Assambleyaning 24-sessiyasi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashadi.

 

Qayd etilishicha, mazkur sessiyada 2023-yilda UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladigan shahar nomi ham tanlanadi.

 

Taʼkidlanishicha, tadbirda UNWTO Bosh Assambleyasining 24-sessiyasi mehmonlari va ishtirokchilari O‘zbekistonning xalq amaliy sanʼati mahsulotlari bilan tanishishlari, milliy taomlardan tatib ko‘rishlari, hamda milliy folklor jamoalarining chiqishlarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

 

Avvalroq O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati Belgiya jamoatchiligi diqqat markazida bo‘lgani, O‘zbekistonda barcha turdagi mehmonxonalarga sertifikat berish muddati 15 kunga qisqargani hamda Qo‘qon Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deb eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.