Jahon

Polshada suriyalik erkakning jasadi topildi

Jasad Belarus bilan chegara yaqinida aniqlangan.

Polshada suriyalik erkakning jasadi topildi

 

Polshaning Belarus bilan chegarasi yaqinida suriyalik erkak jasadi topildi. Bu haqda Polsha politsiyasi Twitter sahifasida maʼlum qilgan.

 

“Kuni kecha Belarus bilan chegara yaqinidagi o‘rmonlardan suriyalik erkakning jasadi topildi”, – deyiladi xabarda. Shu bilan birga o‘limga nima sabab bo‘lganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Maʼlumotlarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi migratsion inqiroz boshlangandan beri chegara yaqinida kamida besh nafar qochqinning jasadi topilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: So‘nggi bir necha kundan buyon Polsha-Belarus chegarasida qochqinlar bilan vaziyat nihoyatda keskinlashdi. Minglab migrantlar Polsha orqali Yevropa Ittifoqiga kirishga harakat qilmoqda. Polsha chegara yaqiniga 12 ming harbiy joylashtirgan.

 

Avvalroq chegaradagi holat bo‘yicha Belarus mudofaa vaziri maʼlumot bergandi. Shuningdek, Polsha bosh vaziri Putin va Lukashenkoni "migratsion shantaj"da ayblagani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Polshada suriyalik erkakning jasadi topildi | Zamon.uz