"Tolibon" Afg‘oniston aholisini ISHID masalasida ogohlantirdi
Avvalroq toliblar ISHIDga qarshi operatsiya o‘tkazgandi.

“Tolibon” o‘z uyini ISHID jangarilariga taqdim etgan yoki boshpana bergan fuqarolarni ayovsiz jazolanishini maʼlum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Afg‘oniston qurolli kuchlari Qori Fasihuddin aholini bu to‘g‘risida ogohlantirgan.
“Agar begonalarga boshpana berayotgan va keyinchalik u ISHID jangarisi ekanligi aniqlansa, uy egasi va vositachi ayovsiz jazolanadi”, – degan Qori Fasihuddin.
So‘nggi kunlarda Kobulning g‘arbiy qisimda, asosan hazoralar istiqomat qiladigan hududlarda ISHID bir necha portlashlarni amalga oshirdi. Shuningdek, Qunduz, Qandahor va Jalolobod shaharlarida qonli teraktlar sodir etilgan.
Avvalroq "Tolibon" ISHIDga qarshi antiterror operatsiya o‘tkazgani hamda Hamid Karzay terrorizm afg‘on xalqiga yot narsa ekanini aytgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev







