O'zbekiston

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 million kishidan oshdi

Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 57,9 ming nafar yoki 21,5 foizga ko‘p.

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 million kishidan oshdi

 

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 117,7 ming nafar kishi (4,1%) ga, nogironlik pensiya oluvchilar soni 11,0 ming nafar kishi (2,9%) ga, boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 9,6 ming oila (5,1%) ga va nafaqa oluvchilar soni 40,2 ming nafar kishi (10,0%) ga ortdi.

 

Shundan, 2 966,7 ming nafari (74,1%) ni yoshga doir pensiya (bundan, 1 898,1 ming nafari yoki 64 foizi ayollar), 397,6 ming nafari (9,9%) ni nogironlik pensiya (bundan, 163,5 ming nafari yoki 41,1 foizi ayollar), 198,6 ming nafari (5,0%) ni boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar va 440,8 ming nafari (11,0%) ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi (bundan, 208,3 ming nafari yoki 47,3 foizi ayollar).

 

Xususan, 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida 327,5 ming nafar (bundan, 161,5 ming nafari yoki 49,3 foizi ayollar) fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi (shundan, 215,1 ming nafari (65,7%) ga yoshga doir pensiya, 29,9 ming nafari (9,1%) ga nogiron shaxs sifatida pensiya, 19,6 ming oila (6,0%) ga boquvchisini yo‘qotganlik pensiya va 62,9 ming nafari (19,2%) ga nafaqalar tayinlandi).

 

Qayd etilishicha, hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2021-yil 1-noyabr holatiga 4 003,8 ming nafarni (bundan, 2 269,9 ming nafari (56,7 foizi) ayollar) yoki aholi sonidagi ulushi 11,5% ni tashkil qilgan holda 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 178,6 ming nafar (4,7%) ga ko‘paydi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoshi 5 yilga uzaytirilgani, oktyabr oyida pensiya va nafaqalar qay tartibda berilishi maʼlum qilingani, pensiya va nafaqalar qanday hollarda tekshirilmasligi hamda endilikda pensiya hisob-varag‘ida qancha mablag‘ yig‘ilganini bilish mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 million kishidan oshdi | Zamon.uz