Jahon

Afg‘on bolalari ochlikdan halok bo‘lishi mumkin

1 milliondan ortiq bola ochlik yoqasida. 3,2 million bola esa jiddiy darajada to‘yib ovqatlanmaydi.

Afg‘on bolalari ochlikdan halok bo‘lishi mumkin

 

Bu haqda YUNISEFning Afg‘onistondagi aloqalar bo‘limi rahbari Samanta Mort maʼlum qildi.

 

"Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab taxminan 22,8 million odam oziq-ovqat taʼminotidan mahrum. Afg‘on bolalari to‘yib ovqatlanmaslik tufayli turli kasalliklarga chalinmoqda. Odamlar qanday qilib ochlikdan omon qolish haqidagina o‘ylamoqda”, — deydi Mort.

 

YUNICEF vakili qishning sovuq oylari yaqinlashayotgani va qor ko‘plab tog‘li qishloq hududlarini to‘sib qo‘yishi vaziyatni yana-da og‘irlashishi haqida ogohlantirdi. Unga ko‘ra, bu qishdan ko‘pchilik afg‘onlar, ayniqsa, bolalar omon chiqmasligi mumkin.

 

BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits G20 davlatlari rahbarlariga Afg‘onistonda ommaviy ocharchilikning oldini olishni so‘rab murojaat qildi.

 

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Belarus-Polsha chegarasidagi Bruzgi logistika markaziga noqonuniy muhojirlar uchun gumanitar yordamning birinchi partiyasini yetkazgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, YUNICEF qancha afg‘on bolalari ochlikka duchor bo‘lganini maʼlum qilgandi.

 

Nasiba To‘xtayeva

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Afg‘on bolalari ochlikdan halok bo‘lishi mumkin | Zamon.uz