"Men qurolning tepkisini bosmadim"- Alek Bolduin
Aktyorning aytishicha, qurol suratga olish vaqtida o‘z-o‘zidan otilib ketgan.

21 oktyabr kuni Gollivud aktyori Alek Bolduin operator Galina Xatchinsning “Rast” (Rust) filmi suratga olish maydonchasida otib qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Santa-Fe okrugi sherifining maʼlumotlariga ko‘ra, qotillik sodir etilgan vaqtda qurol aktyor Alek Bolduinning qo‘lida bo‘lgan. 42 yoshli Xatchins olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi. 48 yoshli direktor Djoel Souz yoqa suyagidan jarohat olgan.
Oradan ancha vaqt o‘tib aktyor jurnalistlar uchun ilk intervyusini berdi.
U ommaviy axborotga revolverning tepkisini bosmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, quroldan o‘q o‘z-o‘zidan otilib ketgan.
"Ssenariy ko‘ra, men o‘zimni yarador qilib ko‘rsatib ikki yigitni chalg‘itishim va shu vaqt ular menga yaqinlashganida to‘pponchani olib ularga qarata otishim kerak edi" dedi Bolduin ABS telekanali muxbiriga.
"Operatorga to‘pponcha tepkisini bosmasligimni so‘radi. Xatchins ham muvaffaqiyatli otishmalarni olish uchun qurolni qanday qilib to‘g‘ri ishlatish kerakligini bir necha bor ko‘rsatdi. Biroq ular qo‘limga berilgan haqiqiy to‘pponchani o‘qlanmaganligini aytishgan edi"
Bolduin huquq-tartibot idoralari tomonidan voqea haqida rasmiy eʼlon qilinishini kuta olmasligini va shuning uchun intervyuda hamma narsa haqida gapirishga qaror qilganini aytgan.
Hozircha huquq-tartibot idoralari xodimlari aktyorga nisbatan qotillik ayblovini qo‘zg‘atilmagan. Rekvizit sifatida qo‘llanilgan to‘pponcha qanday sharoitda otilgani o‘rganilmoqda. Voqea tufayli suratga olish ishlari to‘xtatilgan.
Avvalroq, Dehlida Kriminal avtoritetga ega jinoyatchi sud zalining o‘zida otib o‘ldirilgani hamda Argentinada mashhur futbolchi otib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







