O'zbekiston

Markaziy Osiyoning uchta davlati eng arzon elektr energiyasi bo‘yicha kuchli o‘ntalikka kirdi

Ular orasida O'zbekiston ham bor.

Markaziy Osiyoning uchta davlati eng arzon elektr energiyasi bo‘yicha kuchli o‘ntalikka kirdi

 

Bu haqda Britaniyaning Cable.co.uk ekspert portali xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, resurs mutaxassislari 230 davlatning  elektr energiyasi narxlarini tahlil qildi.

 

Aniqlanishicha, Markaziy Osiyo mintaqasida Qirg‘iziston jahon reytingida 4-o‘rinni egallab, yetakchilik qilmoqda. Qirg‘iziston aholisi  bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 0,017 dollar to‘laydi. Tojikistonda esa bir kilovatt-soat narxi 0,023 dollarni tashkil etgan holda 6-o‘rinda.

 

7-o‘rinni egallagan O‘zbekistonda aholi uchun elektr energiyasi 0,027 dollarni tashkil qiladi. Bu jahon reytingida 16-o‘rinni egallagan Qozog‘istondan (0,039 dollar) arzon.

 

Maʼlumot uchun: dunyodagi eng qimmat elektr energiyasi Karib dengizi, Tinch okeanining olis orol davlatlari, shuningdek, Gyermaniya va Somalida ekani ham  aniqlandi.

 

Ushbu mamlakatlar aholisi bir kilovatt-soat uchun 0,30 dollardan 0,69 dollargacha to‘lash majburiy.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektr energiyasi tanqisligiga nima sabab bo‘layotgani ochiqlangani hamda O‘zbekistonda 2025-yilgacha 18 ta elektr stansiya foydalanishga topshirilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.