Qalmiqda bezorilar qizni o‘g‘irlab ketdi
Ular qizning oila-aʼzolarini kaltaklab, turli tan jarohatlar yetkazgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, uyga bostirib kirganlarning biri o‘zining 15 yoshli o‘g‘li uchun o‘g‘irlab ketgan qizni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Ammo qiz uning o‘g‘liga turmushga chiqishni rad etgan.
Qizning onasini so‘zlariga ko‘ra, kuyovning otasi to‘y bo‘yicha bir necha bor sovchi bo‘lib kelgan . Ammo 20 yoshlik Rima o‘zidan 5 yosh kichik bo‘lgan yigitga turmushga chiqishni istamagan.
Shundan so‘ng jahliga erk bergan erkak o‘zi bilan do‘stlarini boshlab kelib, sovuq qurollar bilan qurollangan xolda qizning uyiga bostirib kirishgan. Uyda qizning onasi va ukasi bo‘lgan. Ular qarshilik ko‘rsatishgan, ammo bezorilar ularni ayovsiz kaltaklashib Rimani olib ketishgan.
Oradan bir necha kun o‘tib qiz yashirincha ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, Chelyabinskda kuyovning oldida ekanligini, uni kuch bilan ushlab turishganini aytishga muvaffaq bo‘lgan.
Endi qizning ota-onasi boshqa tashvish qiynamoqda. Ularni aytishicha qiz o‘g‘irlanishdan avval bokira bo‘lgan. Ammo agar kuyov qizga tajavvuz qilgan bo‘lsa qizni endi boshqa hech kim kelin qilmaydi. Zero u yurta ham oilada qizlar nomusi har narsadan ustun qo‘yilar ekan.
Avvalroq Jizzaxda uch kishi 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketishgani hamda Qamashida 28 yoshli erkak 12 yoshli qizni yarim tunda o‘g‘irlab ketib, zo‘rlamoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







