“Tolibon” mis loyihasini tiklashi mumkin
Ayni vaqtda Afg‘onistonda 42 ta po‘lat zavodi mavjud, ularda 20 ming kishi ishlaydi.

Bu haqda “Tolibon” harakati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohidning so‘zlariga asoslanib TOLO NEWS xabar berdi.
U Aynak konini xitoyliklar 13 yil avval shartnoma imzolash orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan eng muhim loyihalardan biri deb atadi.
Xitoy konning taxminiy hajmini tashkil etuvchi 6 milliard kub metr mis rudasining 6/8 qismini olishi kerak, deb taxmin qilinmoqda.
Tog‘-kon sanoati vaziri Shahabuddin Delaver shunday deydi:
“Agar konlardan birida ham o‘zlashtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha ishlarni tartibga solsak, ko‘p muammolar hal bo‘ladi”. U resurslarni malakali boshqarish mamlakatda qashshoqlikni yo‘q qilishi mumkinligini ham taʼkidlab o‘tdi.
Xitoy biznes vakillarining Afg‘onistonga maxfiy tashrifi, taxminan, 1 hafta oldin maʼlum bo‘lgan edi.
Mes Aynak koni ham muhokama qilingan, biroq tomonlar aniq kelishuvga erishmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston Aqshdan tovon puli talab qilmoqchi ekanligi hamda “Tolibon" Xitoy va Pokistonga elchi tayinlamoqchi bo‘layotgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







