O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevga qutlov yo‘lladi

Bugun Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligini nishonlamoqda.

Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevga qutlov yo‘lladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakat Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevga qutlovlar yo‘llab, ularga va qardosh Qozog‘iston xalqiga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirdi.

 

Maktublarda o‘tgan davr mobaynida mamlakatda barqaror o‘sishni taʼminlashga qaratilgan tizimli va keng qamrovli islohotlar natijasida bugungi kunda do‘st Qozog‘iston davlati barcha sohalarda yuksak taraqqiyotga erishayotgani qayd etilgan.

 

"Asrlar davomida xalqlarimiz o‘rtasida davom etib kelayotgan o‘zaro ahillik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari so‘nggi yillarda yana-da mustahkamlanib borayotgani bizni ayniqsa quvontiradi", — deb taʼkidladi davlatimiz rahbari.

 

Prezidentimiz joriy yil 5-6 dekabr kunlari Qozog‘istonga amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida kechgan ochiq va sermahsul muzokaralarni alohida qayd etdi.

 

Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida imzolangan deklaratsiya, samarali muloqot mexanizmlarini yaratish tashabbuslari, qator yirik qo‘shma loyihalar bo‘yicha erishilgan muhim kelishuvlar, kelgusi yilning mamlakatimizda Qozog‘iston yili deb eʼlon qilinishi, hech shubhasiz, yaqin do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi aloqalarimizni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan.

 

Maktublar yakunida Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevga sihat-salomatlik, tuganmas kuch-quvvat va yangi zafarlar, birodar Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik, baxtu-saodat va doimiy taraqqiyot tilaklari izhor etilgan.

 

Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida deklaratsiya imzlolangani hamda Shavkat Mirziyoyev "Otan korg‘aushilar" monumentiga gul qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevga qutlov yo‘lladi | Zamon.uz