Buxoroda eski firibgar yana jinoyatga qo‘l urdi
Firibgarlik bo‘yicha qo‘lga olingan shaxs avval ham sudlangan.

Bosh Prokuraturaning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Mazkur tekshiruvda muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan fuqaro ham qo‘lga olindi.
Ushbu shaxs I.B. go‘yoki o‘zini Buxoro shahar hokimligining xodimi deb tanishtirib, fuqaro N.ga shahar hokimligi tomonidan ajratiladigan bepul uylardan birini olib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Shundan so‘ng, I.B. tomonidan ixtiyoriy qaytarilgan 3 million so‘m va 1 750 AQSH dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani hamda Samarqand shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga beriladigan uylardan olib berishni vaʼda qilgan firibgar aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







