Rossiyada erkak xo‘randani otib qo‘ydi
Mushtumzo‘r alkogol va giyohvand modda taʼsirida bo‘lgan.

Politsiya navbatchi bo‘limiga "Shale" restoraniga tashrif buyurganlardan biri “alkogol va giyohvandlik taʼsirida bo‘lib, tashrif buyuruvchilarni bezovta qilib, janjal keltirib chiqarayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Restoran xodimlari uni tinchlantirishga harakat qilgan. Biroq u tinchlanish o‘rniga yana-da kuchliroq shovqin ko‘tarib, mushtumzo‘rlikni davom ettirgan. Uni tinchlantirish maqsadida o‘rtaga xo‘randalar ham aralashgan. Shu vaqt mast erkak cho‘ntagidan to‘pponchani chiqarib tanbeh berganlarning birning ko‘kragiga tiragan va o‘q uzgan.
Tepkini ikkinchi bor bosishga uringanida atrofdagilar uning qo‘lidan qurolni olib qo‘yishgan. Erkak ularning qo‘lidan chiqib ketib nomaʼlum tomonga g‘oyib bo‘lgan.
Politsiya jinoyat sodir etgan shaxsni kuzatuv kameralari orqali aniqlagan. U Maxachqalʼa shahrida yashovchi 35 yoshli fuqaro bo‘lib, keyinroq uni o‘z xonadonida ushlanib, politsiya bo‘limiga olib kelingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Permda otishma sodir etgan sobiq talaba qo‘lga olingani hamda rossiyada politsiya xodimi o‘zini otib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







