Jahon

Turkmaniston IHTning Afg‘oniston bo‘yicha sammitida ishtirok etadi

Mazkur sammitga taklif etilgan “Tolibon” delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki boshchilik qiladi.

Turkmaniston IHTning Afg‘oniston bo‘yicha sammitida ishtirok etadi

 

Turkmanistonning rasmiy xabariga ko‘ra, prezident Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat yig‘ilishida videoaloqa orqali tegishli farmoyishni imzolagan va Turkmaniston afg‘onlarga yordam berishda davom etishini  bildirgan.

 

Jumladan, Afg‘oniston va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishini  ham taʼkidlagan. 

 

Turkmaniston delegatsiyasi 18-20 dekabr kunlari Islomobodda bo‘ladi. Dastlab Saudiya Arabistoni Afg‘oniston masalalari bo‘yicha Islom hamkorlik tashkilotining (Rossiya kuzatuvchi maqomiga ega) navbatdan tashqari sammitini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

 

Bundan tashqari, IHT sammiti doirasida “kengaytirilgan uchlik” davlatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchilarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Tolibon"  G‘arb davlatlaridan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragani hamda O‘zbekiston Qatarda "Tolibon" harakati bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"