O'zbekiston

Ehtiyot bo‘ling! Endi tangalar qalbakilashtirilmoqda

Toshkent shahrida katta miqdordagi soxta pullar aniqlandi.

Ehtiyot bo‘ling! Endi tangalar qalbakilashtirilmoqda

 

Poytaxtda bank xodimlari kechki inkassatsiya va ekspertizani o’tkazish jarayonida 2 yevrolik 2 470 dona jami 4 940 yevro qiymatidagi qalbaki tangalarni aniqlashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

 

O’tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 41 yoshli M.B. ismli shaxs sodir etganligi ma’lum bo‘ldi. U qalbaki tangalarni 31 yoshli J. M. dan xarid qilgan va 59 280 000 soʻmga valyuta operatsiyalarini amalga oshirgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan (“Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish”) jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

 

176-moddaga ko’ra, ushbu jinoyat uchun besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilgan.

 

Avvalroq Yangiyo’l shahrida soxta pul tayyorlagan shaxslar ushlangani va qalbaki dollarga telefon sotib olgan firibgarning qo’lga olingani xabar qilingandi.

 

Javohirbek Tursunov

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus haydovchisining musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Samarqand va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda ziyoratga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.