1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qalbaki pul tayyorlagan shaxslar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati  boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari o‘zaro hamkorlikda  Yangiyo‘l shahrida o‘tkazgan tezkor tadbirda qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ushlandi.

Qalbaki pul tayyorlagan shaxslar ushlandi

 

Qayd etilishicha, 1993 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Yangiyo‘l shahridagi yashash manzilida onasi hamda ayoli bilan birgalikda qalbaki milliy valyuta tayyorlash bilan shug‘ullangan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ulardan 19,6 mln. so‘m miqdoridagi 196 dona qalbaki 100 ming so‘mlik kupyura, 2 ta kompyuter2 ta rangli printerqog‘oz kesish uskunasi va boshqa ashyoviy dalillar olinib rasmiylashtirildi.

 

Uning yashash xonadonida 1 dona pnevmatik to‘pponcha borligi ham aniqlanib, tegishli tartibda olib qo‘yildi.

 

Shu bilan birga, qalbaki valyuta sotib olish uchun kelgan Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yashovchi, 1971 va 1984  yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs ham hibsga olindi.

 

 Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 Eslatib o‘tamiz, bundan avval  DXX tomonidan qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxslar aniqlangani hamda soxta dollarga telefon sotib olgan firibgar ushlangani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика