Toshkentdagi “Yangiobod” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Bugun, 13-fevral kuni Yashnobod tumanida joylashgan “Yangiobod” bozori hududida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida bozordagi oshxona, somsaxona, shuningdek, savdo rastalarining tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan.
FVV ma’lumotiga ko’ra, tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga 4 ta qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in bartaraf qilingan.
Avvalroq Namangandagi tikuvchilik korxonasida yong'in chiqqani xabar qilingandi.








