0

UzAuto O‘zbekistonga Tesla‘ning asosiy raqobatchisi BYDni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi

Kompaniyaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1 millionga yaqin avtomobilni tashkil etadi.

UzAuto O‘zbekistonga Tesla‘ning asosiy raqobatchisi BYDni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi

 

Butun O‘zbekiston avtomobilsozligi uchun muhim voqea – Xitoydagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniya BYD Auto Industry Co., Ltd. va “O‘zavtosanoat” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

 

Mashhur “Tesla”ning asosiy raqobatchisi O‘zbekistonda UzAuto bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqarish istagini bildirdi. Buni O‘zbekiston avtosanoati uchun eʼtirof sifatida qabul qilish mumkin. Zero, yuksak texnologik, kadrlar va ilmiy salohiyatga ega bo‘lmagan hamkor bilan birgalikda ish qilishga deyarli hech bir avtomobil ishlab chiqaruvchi rozi bo‘lmaydi.

 

Hamkorlik doirasida O‘zbekistondagi yangi energiya manbalariga asoslangan yengil avtomobil va avtobuslar (NEV – gibridlar, elektromobil va elektrobuslar)ishlab chiqarishga oid loyihani yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda savdo va servis xizmat ko‘rsatish, xususan, akkumulyator batareyalar va va elektromobil motorlarini taʼmirlash tarmoqlari yaratiladi.

 

BYD kompaniyasi yangi energiya manbalariga asoslangan avtomobillarning barcha turlarini ishlab chiqaradi, shuningdek, o‘z dizayni va akkumulyator batareyalari, yarimo‘tkazgichlar, elektr motorlar va boshqa yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish tajribasiga ega.

 

BYD Auto Industry Co., Ltd. ("Build Your Dreams") – yangi energiya manbalari asosidagi transport vositalari (NEV)ni yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik Xitoy kompaniyasi turli davlatlarda 8 ta zavod, R&D markazlarga ega bo‘lib, dunyoda NEV savdosi bo‘yicha 2-o‘rin, Xitoyda esa 1-o‘rinni egallaydi.

 

Kompaniyaning bozor kapitali 100 milliard dollarga baholanadi. Bu yerda 220 000 ga yaqin xodim faoliyat yuritadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya kompaniyasi yangi retro modelini ommaga taqdim qilgani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"