Slovakiya Kiyevga qiruvchi samolyot berishini inkor qildi
Bundan avval Polsha va Bolgariya xam shunday bayonot bergandi.

Slovakiya Ukrainaga harbiy samolyot yetkazib bermaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xizmatlarini maʼlum qildi.
"Slovakiya Ukraina tomoniga samolyotlar yetkazib bermaydi. Bu masala hech qachon, hatto muhokama ham qilinmagan. Biz o‘z havo hududimizni himoya qiladigan ushbu muhim vositani taqdim eta olmaymiz", — deyiladi vazirlik bayonotida.
Maʼlumot o‘rnida: Rossiya Ukrainadagi xarbiy operatsiyasi davomida Kiyevning ko‘plab samolyotlarini yo‘q qildi. Shundan keyin, Polsha, Bolgariya va Slovakiya Ukrainaga 70 ta harbiy uchoq yetkazib berishi haqida xabar tarqaldi.
Ammo Bolgariya va Polsha ham buni inkor qilib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva Ukrainadagi taktikasini qayta ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







