Tayvan Xitoyga javoban o‘z mashg‘ulotlarini boshlaydi
Unga og‘ir artilleriya jalb qilinadi.

Tayvan qurolli kuchlari 9-11 avgust kunlari orol janubida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi xabar berdi.
“To‘qqizinchi va o‘n birinchi avgust kunlari Fengan dengiz porti atrofida og‘ir artilleriya bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 155 mmli gaubitsalar va 120 mmli minometlardan o‘t ochiladi. Bundan tashqari, 5 sentyabrda Pindun uyezdida anʼanaviy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Maʼlumot o‘rnida: 2 avgustda AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi. Shundan keyin Xitoy orol atrofida yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlashini eʼlon qildi. Hozirda Tayvan atrofidagi olti nuqtada o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq Tayvan mudofaa vazirligining yuqori martabali amaldorining jasadi topilgandi.







