Xitoy bilan dushmanlik yaxshilikka olib kelmagan — Van I
Xitoy TIV rahbari Vashingtonni provokatsiyada aybladi.

1,4 milliard xitoyliklar bilan dushmanlik hech kimni yaxshilikka olib kelmaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I maʼlum qildi.
“AQSHning Tayvan bo‘yicha majburiyatlarini buzishi, shuningdek, oldindan rejalashtirilgan provokatsiyalar faqatgina ularning mavqei pasayishiga olib keladi. 1.4 milliardlik Xitoy xalqi bilan dushmanlik hech qachon yaxshilikka olib bormaydi”, – degan diplomat Xitoy OAVlariga bergan intervyusida.
Maʼlumot o‘rnida: 2 avgustda AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi. Shundan keyin Xitoy orol atrofida yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlashini eʼlon qildi. Tayvan atrofidagi olti nuqtada o‘quv mashqlari o‘tkazilgan. Bundan tashqari, Pekin Vashington bilan qator kelishuvlardan chiqib ketdi.
Avvalroq XXR davlat kengashi Tayvan masalasida maxsus byulleten chiqargandi.







