Xitoy Putinga minnatdorchilik bildirdi
Avvalroq Rossiya rahbari Pelosining Tayvanga tashrifini provokatsiya deb atagandi.

Pekin Vladimir Putinning Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi bo‘yicha fikrlarini qadrlaydi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Van Venbin maʼlum qildi.
Bundan oldin Putin Pelosining tashrifini boshqa davlatlar suverenitetiga nisbatan hurmatsizlik va oldindan rejalashtirilgan provokatsiya deb atagandi.
“Xitoy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bildirgan pozitsiyani qadrlaydi”, – degan Venbin.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, shu kunga qadar dunyoning170 davlati Xitoyning o‘z davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Maʼlumot o‘rnida: 2 avgustda AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi. Shundan keyin Xitoy orol atrofida yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlashini eʼlon qildi. Tayvan atrofidagi olti nuqtada o‘quv mashqlari o‘tkazilgan. Bundan tashqari, Pekin Vashington bilan qator kelishuvlardan chiqib ketdi.
Avvalroq Xitoy TIV rahbari Van I Pekin bilan dushmanlik yaxshi oqibatlarga olib kelmasligidan ogohlantirgandi.







