Microsoft yangi Xbox‘ga hali ehtiyoj yo‘qligini aytdi
Korporatsiyasining video o‘yinlar bo‘limi boshlig‘i Fil Spenser bu xabarni yillik Xbox Game Show‘dan ko‘p o‘tmay maʼlum qildi.

Microsoft korporatsiyasining video o‘yinlar bo‘limi boshlig‘i Fil Spenser Xbox o‘yin konsoliga bu bo‘yicha katta yangilik qilishga ehtiyoj yo‘qligini bildirdi.
"Biz hozir bunday takliflarni qabul qilmaymiz", — dedi Spenser Bloomberg News‘ga intervyu berarkan.
Kompaniya yakshanba kuni Los-Anjelesda yillik Xbox Game Show o‘tkazganidan ko‘p o‘tmay, «Hozirda bizda mavjud uskunalardan mamnunmiz va ortiqchasiga ehtiyojimiz yo‘q», deya maʼlumot bergan.







