0

Xakerlar eng ko‘p so‘zlashadigan til maʼlum bo‘ldi

Bu bo‘yicha kuchli uchtalik eʼlon qilindi.

Xakerlar eng ko‘p so‘zlashadigan til maʼlum bo‘ldi

 

Dunyodagi ko‘pchilik xakerlar xitoy tilida so‘zlashadi, bu borada ikkinchi o‘rin rus, uchinchi o‘rin ispan va portugal tillariga tegishli, dedi “Laboratorii Kasperskogo” rahbari Yevgeniy Kasperskiy.

 

“Malakali va malakasiz kiber jinoyatchilarning ko‘pchilligi xitoy tilida so‘zlashadi. Ikkinchi o‘rinda rus tili, keyin qaysi til ekanini aytishim qiyin, ehtimol ispan-portugal tilidir”, — dedi u Peturburg xalqaro iqtisodiy forumida.

 

Darvoqe, Kasperskiy taʼkidlashicha, “uchinchi o‘rin” deganda gap Ispaniya emas, balki Lotin Amerikasi haqida bormoqda.

 

Maʼlumki, qamoqqa olish, tergov bilan bog‘liq ishlar Ispaniyada emas, balki Lotin Amerikasida ko‘proq kuzatiladi.

 

Mutaxassis fikricha, keyingi o‘rinlar turk va ingliz tillariga tegishli.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"