Endi Telegram‘da ham “stories” qo‘ysa bo‘ladi
Telegram‘ni ”obnovit” qilib siz ham tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

Bugun, 21 iyuldan uzoq kutilgan Telegram Stories funksiyasi qo‘shildi.
Buning uchun ilovani oxirgi versiyasigacha yangilash kerak. Unda Instagram Stories‘dagi deyarli barcha asosiy funksiyalar mavjud. Xususan, boshqa foydalanuvchini belgilash, matn va stiker biriktirish, maxfiylik sozlamalarini belgilash va hokazolar.
Hozircha faqat Premium obunachilar undan foydalanishlari mumkin.







