Jahon

Osiyoni rekord darajadagi issiqlik qamrab oldi

Mamlakatlar anomal ob-havoga tayyor bo‘lishi kerak.

Osiyoni rekord darajadagi issiqlik qamrab oldi

 

Bu yil butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar, shu jumladan, osiyoliklar ham jazirama issiqni boshdan kechirmoqda.

 

Olimlarning taʼkidlashicha, iyul kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy sifatida qayd etilgan. Hukumatlar haroratning 1,5S dan oshib ketishining oldini olishga vaʼda berishdi – bunga qazib olinadigan yoqilg‘i chiqindilarini kamaytirish orqali erishish mumkin.

 

Ammo olimlarning aytishicha, yaqin to‘rt yil ichida buga erishib bo‘lmaydi. Hozir yer shari sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,1S issiqroq. Ammo xavotirlisi, bu yil Osiyoda mazkur o‘sish yana-da yuqori bo‘ldi.

 

Yigirmaga yaqin iqlimshunos olimlar tomonidan tuzilgan so‘nggi hisobotga ko‘ra, bu yil boshida 4,5 milliarddan ortiq aholi istiqomat qiladigan Osiyoning ko‘plab qismlarida havo harorati 2 darajaga ko‘tarilgan. 2023 yilgi haddan tashqari jaziramaning taʼsiri esa butun qitʼa mamlakatlarida sezildi.

 

Janubiy Koreyada may va avgust oylarida jazirama tufayli kamida 23 kishi halok bo‘ldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravar ko‘p. Mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati +38 darajagacha ko‘tarilgan.

 

Yaponiyada iyul oyi o‘rtalarida harorat rekordlari yangilagani uchun issiq urishi haqida ogohlantirishlar eʼlon qildi. Birgina mamlakat poytaxti Tokioda harorat rekord darajadagi +38 ga yetdi, bu Tokiodagi o‘rtacha haroratdan 8 darajaga yuqori. Iyul oyida esa bor-yo‘g‘i bir hafta ichida mahalliy OAV mamlakat bo‘ylab jazirama tufayli 9000 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizilganini xabar qildi.

 

Xitoyda ham issiqlik to‘lqini qayd etildi. Ayrim provinsiyalarda termometrlar +52 darajani ko‘rsatgan. Pekinda so‘nggi 60 yildan ortiq vaqtdagi eng issiq iyun qayd etildi.

 

Hindistonda may oyida shiddatli issiqlik to‘lqini mamlakat shimolini qamrab oldi, harorat poytaxt Dehlining ayrim qismlarida rekord darajadagi +49,2 ga ko‘tarildi.

 

Issiqlik to‘lqinlari dunyodagi eng halokatli tabiiy ofatlardan biri bo‘lib, baʼzida zilzilalar, tayfunlar yoki toshqinlardan ko‘ra ko‘proq odamlarni halok qiladi. Shuningdek, ular yo‘llarni eritishi, infratuzilmani yo‘q qilishi va o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqarishi mumkin.

 

Singapurda may oyida harorat + 37 ni tashkil etib, qirq yil avvalgi rekordni yangilagan. Bundan birinchi navbatda tashqarida mehnat qiladiganlar aziyat chekkan. Ishchilardan kun qizigan vaqtda dam olishlari so‘raldi.

 

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo panel hamraisi bo‘lgan professor Chouning so‘zlariga ko‘ra, keyingi o‘n yilliklarda Osiyoda aholi soni ikki baravar ko‘payishi kutilmoqda, asosan Tailand, Indoneziya va Vyetnam kabi mamlakatlarning ikkinchi darajali shaharlarida o‘sish kuzatiladi.

 

Professor Chou, emissiyalarni kamaytirish bilan birga mamlakatlar ham jazirama to‘lqinlarga moslashishi kerak deb hisoblaydi. Masalan, Singapur ko‘proq yashil maydonlar, yopiq yo‘laklar qurish va ko‘proq boshpana taklif qilish uchun binolar dizaynini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

 

Biroq xuddi shu mintaqadagi kambag‘al davlatlar shunga o‘xshash choralarni amalga oshirishga qodir emas. Issiqlik bilan kurashish rejalari mavjud bo‘lsa ham, ular odatda kam moliyalashtiriladi va ko‘pincha kambag‘al jamoalarga eʼtibor bermaydi.

 

Misol uchun, Tailandda issiqlik to‘lqinlari haqida milliy darajadagi erta ogohlantirish tizimi mavjud bo‘lib, odamlarga faqat boshpana topish yoki ochiq rangli kiyim kiyish tavsiya etiladi.

 

Muvaffaqiyatga erishgan past byudjet rejasiga misol qilib Hindistonning g‘arbiy Ahmedobod shahrini aytish mumkin. 2013 yilda 1344 kishining o‘limiga olib kelgan dahshatli issiqlik to‘lqinini boshdan kechirganidan keyin shahar maʼmuriyati ushbu rejani ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, tunuka va asbest tomlarini sovitish uchun oq bo‘yoqdan foydalanildi. Ular shahar uy xo‘jaliklarining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. Hindistonning boshqa shaharlari bu rejani takrorlashga harakat qilishdi.

 

Ayrim ekspertlar  jazirama to‘lqinlarini sekin taʼsir qiluvchi falokat deb atashadi, chunki baʼzi kasalliklar issiqda kuchayadi. Shuningdek, suvsizlanish yana ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Haddan tashqari yuqori harorat ham yurakni qattiqroq ishlashga majbur qiladi. Tana haroratining yarim darajaga ko‘tarilishi yurak urish tezligini 1 daqiqada 10 martaga oshirishi mumkin. Mayo Slinis maʼlumotlariga ko‘ra, agar oftob urgan odam  davolanmasa, hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"