Jahon

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti Sadyr Japarov mamlakatdagi rus tilidagi qishloqlar nomlarini qirg‘izchaga o‘zgartirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u O‘sh viloyati Oloy tumani aholisi bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashabbus milliy o‘zlik va madaniy merosni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

 

“Hozir biz butun respublika bo‘yicha qishloqlarning ruscha nomlarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqdamiz. Kelgusi yilda bu jarayonni yakunlamoqchimiz”, — degan u.

 

Shu bilan birga, prezident aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqlash qarori qabul qilinganini ham qayd etgan. Uning fikricha, bu amaliyot ko‘pincha jamiyatda bo‘linishlarga sabab bo‘ladi. 

 

“Odamlar guruhlarga ajralib, kimning nomi berilishi kerakligi ustida bahslashadi. Bunday holatlarni ko‘p bor ko‘rganmiz”, — dedi Japarov.

 

Biroq mazkur bayonot ortidan Rossiyaning TASS va RIA Novosti agentliklari prezident matbuot xizmati bilan bog‘langanda, davlat rahbari vakili Asqat Alagozov gap ruscha nomlarni o‘zgartirish haqida emas, balki aynan shaxslar nomini berishni taqiqlash haqida ketganini bildirgan.

 

Shu bilan birga, prezident rasmiy saytida ham rus tilidagi qishloq nomlarini ommaviy o‘zgartirish bo‘yicha ma’lumot berilmagan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Japarov bu masalaga to‘xtalgani aks etgan.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"