Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti bilan telefonlashdi
Muloqotda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Qarag‘andi viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.
Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi taʼkidlandi.
Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.







