Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdi

Majmuada jami 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari hamda 5 ming o‘rinli talabalar turar joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini tantanali ochish marosimida ishtirok etdi.

 

 

Tadbir avvalida davlat rahbarlari Nizomiy Ganjaviy haykali yonida daraxt ekdi.

 

 

Prezidentlarga universitet majmuasining qurilish jarayonlari, ta’lim infratuzilmasi va kampusni rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.

 

 

40 gektar maydonda barpo etilayotgan yangi kampus qurilishi ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Majmuada jami 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari hamda 5 ming o‘rinli talabalar turar joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Birinchi bosqich doirasida 12 ming o‘rinli besh qavatli o‘quv binosi va zamonaviy laboratoriya majmuasi qurib bitkazildi.

 

 

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev kampusda yaratilgan o‘quv va ilmiy muhit, axborot-resurs markazi hamda Nizomiy Ganjaviy merosiga bag‘ishlangan muzey ekspozitsiyasi bilan tanishdi.

 

 

Muzey ekspozitsiyasidan buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviyning hayoti va ijodi, uning boy ma’naviy merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik madaniy va adabiy aloqalarni aks ettiruvchi materiallar o‘rin olgan.

 

 

Tadbirda ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi aloqalar ikki qardosh xalqni yanada yaqinlashtirish, yosh avlodni umumiy ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

 

 

Yangi kampus zamonaviy ta’lim va ilmiy infratuzilmasi bilan pedagog kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Turkmanistonda o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.