O'zbekiston

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlarida 31 833 ta vakant o‘rin qoldi. Bilim va malakalarni baholash agentligi OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant o‘rinlar ro‘yxatini e’lon qildi.

 

Ro‘yxatda kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha OTMlar, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda ta’lim tillari kesimida mavjud bo‘sh o‘rinlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlar majmuasi ham keltirilgan.

 

Qo‘shimcha tanlovda OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida qatnashib, kamida 56,7 ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

 

Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlarga ham fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan vakant yo‘nalishlarni tanlash imkoniyati berilgan. Qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi.

 

Abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

 

Tanlov yakunlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tegishli tanlov qaydnomalarini shakllantirib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etadi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Taqdimotda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarga metodik yordamni kuchaytirish va tizimda zamonaviy yondashuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Bunday holatlar tungi va ertalabki vaqtlarda qisqa muddatli kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

Hozirda qolgan 61,3 mlrd so‘m zararni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom etmoqda.

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Sanepidqo‘mita epidemiologik vaziyat yuzasidan izoh berdi.

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

Bojxona postida yuk mashinasi tekshirilganda, uning pol qismi ostidan 98 ta o‘ram yashirilgan narkotik modda topildi.

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident dunyoda 645 milliondan ortiq odam ochlikdan aziyat chekayotganini taʼkidlab, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.