O'zbekiston

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi.

 

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi hech mubolag‘asiz tarixiy ahamiyatga ega ekanini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.

 

Shavkat Mirziyoyev Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishini sammitning eng muhim natijasi sifatida qayd etdi. Prezidentga ko‘ra, mazkur hujjat ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda mushtarak kelajakni barpo etishga bo‘lgan birgalikdagi intilishni ifodalaydi.

 

Tashrif doirasida ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali mexanizmiga aylangan Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi ham o‘tkazildi.

 

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Ilhom Aliyevni Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi tiklangani va azaliy yerlarining qaytarilgani bilan yana bir bor muborakbod etdi.

 

Uchrashuvda ijtimoiy infratuzilmasi jadal barpo etilayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratilayotgan Qorabog‘ni qayta tiklash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

 

“Ozarbayjon – ishonchli ittifoqchimiz, strategik sherigimiz va bizga qardosh davlat. Munosabatlarimiz zamirida yagona sivilizatsion kod – mushtarak tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, o‘xshash madaniyat va an’analar mujassam”, – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

 

Sammitga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgani qayd etildi. Xususan, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari, shuningdek, Hududlar forumi samarali o‘tkazildi.

 

Muzokaralar davomida Prezidentlar ko‘p qirrali munosabatlarning barcha jabhalarini atroflicha muhokama qilib, Hukumatlararo komissiya hamraislarining asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha axborotlarini tingladilar. Ular, avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalarini qamrab oldi.

 

Tomonlar siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, parlamentlar va hukumatlar, tarmoq idoralari hamda hududlar o‘rtasidagi faol aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

 

Muzokaralarda asosiy e’tibor iqtisodiy masalalarga qaratildi. Tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ushbu muhim marraga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan tegishli dastur ham qabul qilindi.

 

Sanoat kooperatsiyasida yangi o‘sish nuqtalari belgilandi. Tashrifga tayyorgarlik doirasida energetika, geologiya, kimyo, qurilish, moliya, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalarining salmoqli to‘plami shakllantirildi. Mazkur loyihalarni ilgari surishda bir necha yil avval tashkil etilgan Investitsiya jamg‘armasi muhim o‘rin tutmoqda.

 

Hududlar imkoniyatlarini to‘liq safarbar etish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Shu maqsadda joriy oyda Toshkent shahri, Buxoro va Namangan viloyatlari hokimlari Ozarbayjonda bo‘ldilar.

 

Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi transport-tranzit sohasi bo‘ldi. Tomonlar Transkaspiy koridorini birgalikda rivojlantirish, logistika infratuzilmasi samaradorligini oshirish va yuk tashuvlarini rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

 

Ikki xalq o‘rtasidagi yaqin madaniy-gumanitar aloqalar ishonchli do‘stlik ko‘prigi vazifasini o‘tamoqda. Tashrif doirasida Nizomiy Ganjaviy nomidagi Pedagogika universitetining yangi binosi ochilishi, Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘ini barpo etish ishlarining boshlanishi ko‘zda tutilgan.

 

Yil yakuniga qadar O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari hamda Ozarbayjonda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning adabiy merosiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film suratga olinishi mamlakatlar madaniy hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

 

FIFA qaroriga ko‘ra, kelasi yili O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qiladi. Yirik sport tadbiri doirasida keng ko‘lamli “Ikki mamlakat – bir chempionat” dasturini amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Davlat rahbari so‘zining yakunida ozarbayjonlik hamkasbiga ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Shavkat Mirziyoyev ushbu tarixiy tashrif yakunlari O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitib, qo‘shma loyihalarni kengaytirish hamda ikki qardosh mamlakatning barqaror taraqqiyoti uchun yangi ufqlar ochishiga ishonch bildirdi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

custom img

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Inoqov Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi hisoblanadi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"