O'zbekiston

Tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti 3,3 barobarga ko‘paytiriladi

O‘zbekiston 2030 yilda tovar va xizmatlar eksportini 45 mlrd AQSH dollariga yetkazish maqsadi qo‘yilgan.

Tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti 3,3 barobarga ko‘paytiriladi




Keyingi yillarda mamlakatimizda eksport salohiyatini oshirish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda. Sababi eksport salohiyatini kengayishi mamlakatning iqtisodiy yuksalishi va farovonligining muhim omillaridan biridir.
Mahsulot va xizmatlarning sifati, raqobatbardoshligini oshirish ularni xorijiy xaridorlar uchun yanada jozibador qilish imkonini beradi. Bunga albatta zamonaviy texnologiyalarni takomillashtirish, sifat standartlarini yaxshilash, brend va marketing strategiyalarini ishlab chiqish kiradi. Eksport geografiyasini kengaytirish mavjud xavflarni diversifikatsiya qilish va eksport hajmini oshirishga yordam beradi.




Yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar kabi respublikamizning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirishga qaratilgan ulkan ishlar qilindi.
O‘zbekiston 2030 yilda tovar va xizmatlar eksportini 45 mlrd AQSH dollariga yetkazish maqsadi qo‘yilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichga erishish uchun keyingi 5 yilda amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi. Jumladan, eksportchi korxonalar soni 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazilib, aylanma mablag‘lar uchun 600 dan ortiq korxonaga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qulay shartlarda mablag‘lar ajratiladi. “GSP+” va boshqa tizimlardan foydalangan holda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti 3,3 barobarga ko‘paytiriladi.

 


Xususan, “GSP+” tizimi doirasida Yevropa davlatlariga to‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmlarini 1,7 mlrd AQSH dollar, qurilish materiallari eksport hajmi 170 mln, elektrotexnika sanoati mahsulotlarining eksport hajmi 150 mln, charm-poyabzal sanoati mahsulotlari eksporti 165 mln, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 165 mln va farmasevtika mahsulotlar eksporti 17 mln AQSH dollariga yetkaziladi.

 


Shuningdek, xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni 10 barobarga oshirilib, ularning soni 5 mingtaga yetkaziladi. Tarmoqlar va sohalarda esa 2030 yilga borib xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni to‘qimachilikda 700, qurilishda 1 400, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida 1 475, charm-poyabzal sohasida 425 taga va elektrotexnika sohasida 600 taga oshadi.
Xorijiy brend mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan “autsorsing” va “franchayzing” asosida hududlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi. Bunda, Biznes-forumlar, uchrashuvlar va “V2V” formatida muzokaralar o‘tkazish uchun mamlakatlar kesimida to‘qimachilik mahsulotlarining yetakchi xalqaro brendlari ro‘yxati shakllantiriladi.
Shu bilan birga, yetakchi brendlar jalb qilinib, ular bilan shartnomalar tuzish orqali xalqaro yetakchi konsalting tashkilotlari jalb qilinadi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (AQSH), Voston Sonsulting Group (AQSH), Deloitte (Buyuk Britaniya), MsKinsyeu & Somranu (AQSH), KRMG (Niderlandiya), PwC (Price Water House Coopers) (Buyuk Britaniya), Vain & Komraniua (AQSH), Olivyer Wuman (AQSH) shular jumlasidan.

 


Umuman olganda, eksport hajmi va mahsulot turlarini ko‘paytirish mamlakatimiz daromadining oshishiga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, fuqarolarning turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga sarmoya jalb etish va ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish imkonini beradi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"