Siyosat

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva Islom sivilizatsiyasi markazidagi tarixiy ekspozitsiyalar, jumladan, Usmon Mushafi bilan tanishdi.

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Toshkent shahrida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyevaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Qo‘shma dastur doirasida Birinchi xonimlar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari bilan tanishdilar.

 

Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva “Islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyalar” zali, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar hamda “Yangi O‘zbekiston” zalini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettiruvchi muzey eksponatlari bilan tanishdilar.

 

Birinchi xonimlar tashrif yakunida markazning ma’naviy va me’moriy markazi hisoblangan “Qur’on zali”ga ham kirib, undagi noyob tarixiy yodgorliklar bilan tanishdilar.

 

Zalning eng qimmatli eksponatlaridan biri — Usmon Mushafi bo‘lib, VII asrga oid mazkur qo‘lyozma Qur’onning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy nusxalaridan biri hisoblanadi. Noyob islom yozma madaniyati yodgorligi UNESCOning “Jahon xotirasi” xalqaro reyestriga kiritilgan.

 

Samimiy suhbat davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Ikki mamlakat xalqlarini mushtarak tarix, boy madaniy meros, an’analar va ma’naviy qadriyatlar chambarchas bog‘lab turishi alohida ta’kidlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Serbiyaga boradi

Belgradda O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatarda “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi

Shuningdek, Doha shahrida qatarlik yetti nafar hunarmandning O‘zbekistonga ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham ochildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati va BMT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formati doirasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"