O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo kutilyapti

18-noyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi.

Bugun O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo kutilyapti

«O‘zgidromet» 18-noyabr kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 11-13, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-11, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qashqadaryo viloyati bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Toshkent viloyati bo‘ylab kuchli bo‘ladi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.  

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"