Andijonda piyodani urib, voqea joyidan qochgan haydovchi ushlandi
Avvalroq holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, haydovchiga qidiruv eʼlon qilingandi.

Avvalroq Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida fuqaro Nexia-2 rusumli avtomashinasida 25 yoshli U.O.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng haydovchi qidiruvga berilgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, tezkor qidiruv harakatlari natijasida haydovchi— 24 yoshli fuqaro S.M. Baliqchi tumanidan topilib, ushlangan.
Ushbu YTH oqibatida fuqaro U.O. tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







