Ertaga Senatning 47-yalpi majlisi bo‘ladi
Yalpi majlis videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladi.

Ertaga, 24-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining qirq yettinchi yalpi majlisi Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi.
Yalpi majlisni videokonferensaloqa tarzida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.







