O'zbekiston

O‘zbekiston va Germaniya davlat boshqaruvi sohasida hamkorlik qilmoqda

Davlat boshqaruvi tizimining zamonaviy muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Germaniya davlat boshqaruvi sohasida hamkorlik qilmoqda

 

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Davlat boshqaruvi tizimining zamonaviy muammolari va rivojlantirishning ustuvor vazifalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu nufuzli anjumanda Davlat boshqaruvi akademiyasi xodimlari va tadqiqotchilari, Respublikamizning vazirlik-idora hamda Akademiyaning xalqaro hamkor tashkilot rahbarlari, soha ekspertlari, olimlar, hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 

Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, 200 ga yaqin qatnashchilar ishtirok etgan mazkur anjuman soha mutaxassislarini bir joyga jamlagani bilan ahamiyatlidir.

 

Ushbu xalqaro konferensiyada J. Abdurahmonov nomidagi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Almazbek Akmataliyev, Koreya Bosh Vaziri huzuridagi Davlat boshqaruvi instituti Prezidenti Sangxan Chve, Ostona Davlat xizmati xabi boshqaruv raisi Alixan Baymenovlar onlayn tarzda ishtirok etib bugungi kun davlat boshqaruvi tizimining zamonaviy muammolari hamda bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi aloqalar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

 

Shuningdek tadbirda, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va Davlat xizmati akademiyasi prorektori Andrey Margolin so‘zga chiqib, davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlaridan talab etiladigan zamonaviy kompetensiyalar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

 

Xans Zaydel jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Javhar Do‘stov yig‘ilganlarga O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida davlat boshqaruvi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

 

Konferensiyada Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish evolyusiyasi va nazariyasi, jamoaviy siyosiy liderlik, O‘zbekistonda ijtimoiy sohada davlat boshqaruvini tashkil etish masalalari, raqamli iqtisodiyot sharoitida davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish amaliyoti va boshqa mavzularda seksiya muhokamalari tashkil etildi.

 

Konferensiya so‘nggida mutaxassislar tomonidan bildirilgan takliflar va tavsiyalar bugungi kunda O‘zbekistonning davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

 

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"