O'zbekiston

Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish nizomi tasdiqlandi

Endi ularning har biri Turizm qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish nizomi tasdiqlandi

 

Hukumat qarori bilan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Oilaviy mehmon uyi – mehmon uyida uy egasining oila aʼzolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan to‘g‘ri keladigan turar joy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy obyekti.

 

Nizomga ko‘ra, mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qo‘mitasi tomonidan yuritiladigan Reyestrga kiritish va Reyestrdan ko‘chirma berish orqali tashkil etiladi.

 

Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda tegishli sharoitlar yaratilgan bo‘lishi shart.

 

Qaror bilan shuningdek, mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Reyestrga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Bunda mehmon uyi, xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun:

 

➖Davlat xizmatlari markaziga shaxsan o‘zi kelib murojaat etadi;

➖yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

 

So‘rovnoma to‘ldirilib, unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

 

Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda o‘rganib chiqish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

 

Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

 

custom img

Surxondaryoda elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Blekautga Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida yuzaga kelgan avariyali holat sabab bo‘lgandi.

custom img

Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

custom img

O‘zbekistonda 2027-yildan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasini ma’qullab, sud tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

custom img

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

custom img

“Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bitiruvchilari bandlik ko‘rsatkichi belgilangan darajadan past bo‘lgan oliygohlarni boshqa universitetlarga qo‘shib yuborish yoki yopish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda blekaut yuz berdi

Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

custom img

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"