O'zbekiston

Poytaxtga turp olib kelayotgan mashina yukxonasidan "paqildoq"lar chiqdi

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi maʼlum qildi.

Poytaxtga turp olib kelayotgan mashina yukxonasidan "paqildoq"lar chiqdi

 

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda salkam 460 ming dona salyut va petardalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

 

 

Avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvida Farg‘ona vodiysidan poytaxt hududiga kirib kelgan “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, avtomashina yukxonasidagi turp solingan qoplar ortiga yashirilgan qutilar bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

 

Ushbu qutilar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ularning ichida 279 dona salyut va 459 ming dona petarda borligi aniqlandi.

 

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 327 million so‘mdan oshmoqda.

 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"