“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bogʻliq jinoyat ishi sudi 1 oy muddatga toʻxtatildi
Tergov organi tomonidan ushbu jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar ayblanmoqda.

Birinchi instansiyada koʻrilayotgan ushbu jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblanganligi va boshqa asoslarga koʻra, sud tomonidan 2023-yil 1-dekabr kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 416-417-moddalari tartibida ajrim chiqardi.
Unga koʻra, jinoyat ishiga tegishli ayrim hujjatlar ayblovni toʻldirish va boshqa shaxslarni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organiga yuborildi.
Shu tariqa jinoyat ishini koʻrish 1 oylik muddatga toʻxtatildi.







