Farg‘ona xalqaro aeroporti yopilmoqda
Rejalashtirilgan aviareyslar bekor qilindi.

Farg‘ona xalqaro aeroporti 2 oyga yopilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Qayd etilishicha, aeroportda rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan 7-dekabrdan boshlab 31-yanvargachaa Farg‘onadan (Farg‘onaga) amalga oshiriluvchi barcha aviaqatnovlar bekor qilinadi.
Baʼzi reyslar esa quyidagi yo‘nalishlarda o‘zgartiriladi:
- Farg‘ona – Jidda – Farg‘ona – Namangan xalqaro aeroporti orqali;
- Rossiya Federatsiyasiga bajariluvchi barcha reyslar – Toshkent xalqaro aeroporti orqali.







